Statistika agentligi maʼlumotlariga ko‘ra, 2024 yil yanvar-dekabr oylarida 229,3 ming nafar O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari turistik maqsadlarda Turkiyaga safar qilgan.
Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 41,5 ming nafarga yoki 22,1 % ga oshgan.
2024 yilda Turkiyaga borgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining safar maqsadlari quyidagicha:
sayyohlik – 174 102 nafar;
qarindoshlarni yo‘qlash – 46 656 nafar;
davolanish – 4 116 nafar;
o‘qish – 2 711 nafar;
xizmat yuzasidan – 1 671 nafar.
Alpha version: 0.9.1.19 build 11816 | Инструменты