Ertaga, 19 yanvar tongida AQShning Los-Anjeles shahrida UFC 311 turniri tashkil etiladi.
Musobaqaning asosiy jangida yengil vazn toifasida UFC chempioni, rossiyalik Islom Maxachev armanistonlik Arman Sarukyanga qarshi bahs olib borishi kerak edi. Biroq bu qarama-qarshilik bekor qilindi. Bunga Sarukyanning belidan jarohat olgani sabab bo‘ldi.
Tashkilotchilar tezkorlik bilan Islomga boshqa raqib topishdi. Eandi u musobaqada braziliyalik Renato Moykano bilan jang qiladi. Moykano aslida ushbu UFC 311 turniri doirasida Benil Dariush bilan jang qilishi kerak edi.
Ma’lumot uchun, o‘zbekistonlik Bogdan Guskov ham UFC 311 turnirida o‘zining navbatdagi jangini o‘tkazadi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 11818 | Инструменты