Huawei 1
117 ta beshinchi avlod “Volkswagen Caddy” tez tibbiy yordam mashinalari hududlarga topshirildi

Respublika tez tibbiy yordam markazi avtoparki 220 ta “Volkswagen Caddy” tez tibbiy yordam mashinalari bilan ta’minlangandi. Bugun, 23-fevral kuni “Jizzakh Auto” tomonidan “Volkswagen Caddy” tez tibbiy yordam avtomobillarning 117 donadan iborat navbatdagi partiyasi hududlarga taqdim etildi. Bu haqda Sog'liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Ta'kidlanishicha, birinchi bosqichda 230 dona B toifadagi “Ford” reanimobillari Tez tibbiy yordamni rivojlantirish jamg‘armasi hisobidan Toshkent va Samarqand shaharlarida foydalanish uchun yetkazib berildi. Natijada 2022-yilga kelib bunday zamonaviy avtoulovlar soni 541 taga yetdi. Ularni jihozlashda shifokor hamda bemorlarga qulaylik yaratishga alohida e’tibor berilgan.

Ikkinchi bosqichda 1000 dona A toifali tez tibbiy yordam mashinasi xarid qilinishi ko‘zda tutilgan bo‘lib, ushbu maqsadda Osiyo taraqqiyot banki loyihasi asosida kredit mablag‘lari ajratilgan. Bu orqali tizimdagi ma’nan eskirgan “Damas” avtomobillarini yangilash ko‘zda tutilmoqda.  

"Hozirgacha qariyb 340 ta “Volkswagen Caddy” joylarga yetkazib berildi. Ushbu avtomobillar taqsimoti hududlardagi aholi soni va tez tibbiy yordam mashinalarini yangilash ehtiyojidan kelib chiqqan holda shakllantirilmoqda.

Beshinchi avlod A toifali “Volkswagen Caddy” mutlaqo yangi MQB platformasida ishlaydi. Ular 1,6 MPI atmosferali motor bilan jihozlangan bo‘lib, 6 pog‘onali mexanik uzatmalar qutisi va 110 ot kuchiga ega. 100 kilometr masofaga avtomobil aralash siklda 7 litr yonilg‘i sarflaydi", — deyiladi SSV xabarida.

Respublika tez tibbiy yordam markazi direktori Abduvoit Gʻafurovning ma’lum qilishicha, xarid qilinishi rejalashtirilgan yana 640 ta tez tibbiy yordam mashinasi ham “Hunday”, “Ford”, “Volkswagen”, “Iveco” kabi jahon brendlariga tegishli bo‘lishi kutilmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 70409 | Инструменты