12-noyabr: O'zbekistonda koronavirus qayd etilganlar soni 69 617 nafarga yetdi
12 noyabr holatiga ko'ra, O'zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 69 617 (+220) nafarni tashkil etmoqda.
Yangi kasallanish holatlarining:
- 3 nafari Qoraqalpog'iston Respublikasida,
- 2 nafari Andijon viloyatida,
- 15 nafari Buxoro viloyatida,
- 10 nafari Jizzax viloyatida,
- 2 nafari Qashqadaryo viloyatida,
- 8 nafari Namangan viloyatida,
- 7 nafari Surxondaryo viloyatida,
- 4 nafari Samarqand viloyatida,
- 7 nafari Farg'ona viloyatida,
- 5 nafari Xorazm viloyatida
- 61 nafari Toshkent viloyatida
- 96 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo'lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Shu bilan birga, 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, jami ko'rsatkich 593 nafarga yetdi.
Yurtimizda jami 66 886 (+214) nafar fuqaro koronavirusdan sog'aydi va kecha kun davomida:
- Qoraqalpog'iston Respublikasida 3 nafar,
- Andijon viloyatida 9 nafar,
- Jizzax viloyatida 6 nafar,
- Qashqadaryo viloyatida 4 nafar,
- Namangan viloyatida 10 nafar,
- Farg'ona viloyatida 2 nafar,
- Surxondaryo viloyatida 7 nafar,
- Xorazm viloyatida 10 nafar,
- Toshkent viloyatida 59 nafar,
- Toshkent shahrida 104 nafar bemor tuzalib, sog'ayish ko'rsatkichi 96 foizni tashkil qilmoqda.
Hozirda mamlakatimizda 2 138 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo'yicha davo choralari ko'rilmoqda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 82100 | Инструменты