Avvalroq Soliq qoʻmitasi tomonidan “Konsert-tomosha faoliyati” xizmati boʻyicha "Soliq" mobil ilovasida soliq deklaratsiyalarini yuborish yoʻlga qoʻyilgani ma'lum qilingan edi.
Ushbu xizmat xonanda va ijrochilarga yillik daromadlari boʻyicha deklaratsiyani soliq organlariga taqdim etish imkonini beradi. Bu orqali ular konstitutsiyaviy burchi boʻlgan – daromad soligʻini toʻlash majburiyatini bajarmoqda.
Jarayon “Oʻzbekkonsert” davlat muassasasining maʼlumotlar bazasi bilan soliq organlarining axborot tizimi integratsiya qilinishi natijasida soddalashtirildi.
Shu sababli, “Konsert-tomosha faoliyati” boʻyicha litsenziyaga ega boʻlgan xonanda va ijrochilar “Soliq” mobil ilovasida shaxsini tasdiqlagach va Face IDdan oʻtgach, ushbu xizmatdan avtomatik tarzda foydalanishlari mumkin.
Bugungi kunga qadar konsert-tomosha faoliyati litsenziyasiga ega boʻlgan 1 954 nafar xonandalar daromadlari toʻgʻrisida soliq deklaratsiyasini taqdim etgan.
Eng koʻp deklaratsiya topshirgan TOP-5 ta hudud:
Xorazm viloyatida – 294 nafar;
Toshkent shahrida – 291 nafar.
Buxoro viloyatida – 212 nafar;
Samarqand viloyatida – 207 nafar;
Toshkent viloyatida – 157 nafar.
Alpha version: 0.9.1.19 build 82016 | Инструменты