Huawei 1
13 mingta umumiy ovqatlanish korxonasini  yil yakuniga qadar  yer va mulk soligʻidan ozod qilinadi

Bu haqda prezidentning tadbirkorlar bilan uchrashuvi davomida ma'lum qilindi, deya xabar bermoqda UzreportTV muxbiri. 

Unga ko'ra, prezident pandemiya davom etayotgani va bu xizmatlar sohasi,  ayniqsa umumiy ovqatlanish  va turizm korxonalari uchun  qanchalik ogʻir boʻlayotganini hamda umumiy ovqatlanish va turizm korxonalaridan  oʻtgan yili berilgan imtiyozlarni uzaytirish boʻyicha kelib tushgan  300 dan ortiq murojaatlarni hisobga olib jami 13 mingta umumiy ovqatlanish korxonasini  yil yakuniga qadar  yer va mulk soligʻidan ozod qilinishi maʼlum qildi.

Taʼkidlanishicha, bu  tadbirkorlarga 30 milliard soʻm qoʻshimcha koʻmak deganidir.

Ularning boshqa soliqlardan mavjud 35 milliard soʻm qarzlari muddatlari joriy yil yakunigacha uzaytiriladi, kreditlarini qaytarish ham kechiktiriladi.

Shu bilan birga, turizm kompaniyalari va mehmonxonalarni turistik yigʻimlardan 2 yil muddatga ozod qilsak, nima deysizlar?

Bu – hozirgi qiyin sharoitda tushumi kamayib ketgan 2 ming nafar tadbirkor ixtiyorida 150 milliard soʻm qoladi, degani. Shuningdek, bugungi kunda 5 mingga yaqin tadbirkorlik subyektlarining tashqi savdo operatsiyalari boʻyicha debitor qarzdorligi mavjud. Pandemiya sababli ushbu tadbirkorlarga jarima solish va bugungi kungacha qoʻllanilgan 6 trillion soʻmlik jarimalarni undirish joriy yil yakuniga qadar toʻxtatiladi, deya ta'kidlagan prezident. 

Bundan tashqari, kelgusi yil 1-yanvardan boshlab soliq idoralari oʻz elektron dasturlari orqali biznes subyektlariga hisobotlarini shakllantirish xizmatini yoʻlga qoʻyadi. Hozirda, 228 mingta kichik tadbirkorlarda buxgalter yoʻq. Oqibatda, soliq hisobotlarini kamchiliklar bilan topshirgan 32 mingga yaqin tadbirkorga moliyaviy jarima solingan. Hisobotlarni kechiktirib topshirish bilan bogʻliq moliyaviy sanksiyalarni qoʻllash tartibi esa toʻliq bekor qilinadi.

Shuningdek, soliq idoralari qoʻllayotgan ayrim jarimalar soni va miqdorining ortgani, meni xavotirga solmoqda. Oʻtgan yili kameral nazorati natijasida 336 ta korxonaga 51 milliard soʻm moliyaviy jarima qoʻllanilgan boʻlsa, joriy yil 6 oyda 3 mingdan ziyod tadbirkorlarga 900 milliard soʻmdan ortiq jarima belgilangan. 

Shuning uchun Qoʻchqorov, Ishmetov, Qudbiyev, Davletov, Qosimov bir oy muddatda, soliq idoralarining kameral nazorati natijasiga koʻra, moliyaviy jarima qoʻllash amaliyotini bekor qilish boʻyicha taklif kiritadigan bo'ldi. Qolaversa, amaldagi tartibga koʻra, tadbirkorlar qoʻshilgan qiymat soligʻi boʻyicha hisobot topshirishi bilan birga, undagi farqni qaytarish uchun soliq idoralariga alohida murojaat qilishga majbur. Bu – 14 ming tadbirkorning faoliyatiga bevosita bogʻliq boʻlib, ular uchun qoʻshimcha vaqt, ortiqcha sarsongarchilik degani. Shu sababli, Ishmetov, Qudbiyev bu masalani chuqur oʻrganib, kelgusi yildan qoʻshilgan qiymat soligʻini qoʻshimcha hujjatsiz qaytarish tartibini amaliyotga joriy etadi. 

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 122617 | Инструменты