17 noyabr – Xalqaro talabalar kuni

1946 yilning 17 noyabr kuni Praga shahrida bo'lib o'tgan Butunjahon talabalar kongressida Xalqaro talabalar kuni tasdiqlangan va shu kundan boshlab butun dunyoda mazkur sana keng nishonlab kelinmoqda.

Xalqaro talabalar kuni – talabalarning xalqaro birdamlik kuni deb tushuniladi. Aytish joizki, mazkur bayram yoshlik va quvnoqlik tushunchalari bilan chambarchas bog'liqlikda keladi. Bugungi kunda u dunyoning ko'plab davlatlarida nishonlanadi. Ushbu sanani o'tkazish borasidagi dasturlar bir-biridan farq qilishiga qaramay, u talaba-yoshlar orasida tobora ommalashib bormoqda. Qayd etish kerakki, uzoq kutilgan bayramni nishonlashda deyarli hech bir oliygoh chetda qolmaydi. 

Ma'lumot o'rnida aytish lozimki, hozirgi kunda O'zbekistonda 75 ta oliy ta'lim muassasi mavjud bo'lib, ulardan 19 tasi universitet, 37 tasi institut, 2 ta akademiya, 11 ta oliygohlar filallaridir. Shuningdek, mamlakatimizda yuksak xalqaro nufuzga ega bo'lgan Yevropa va Osiyodagi yetakchi ta'lim muassasalarining filiallari muvaffaqiyatli faoliyat olib bormoqda. Xususan, Prezidentimiz Islom Karimovning shu yil 24 martdagi qaroriga muvofiq tashkil etilgan Toshkentdagi Inxa universiteti O'zbekistondagi yettinchi xorijiy o'quv dargohiga aylandi. Yurtimizdagi oliygohlarda qariyb 300 ming talaba tahsil oladi. Qayd etish joizki, bugun turli o'quv muassasalarining talabalari tomonidan Xalqaro talabalar kuni keng nishonlanmoqda.

 

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 10621 | Инструменты