Bugun O'zbekiston Respublikasi Davlat gerbi qabul qilingan kun
Bayroq har bir davlatning ramzi, xalqning timsolidir. Bugun O'zbekiston Respublikasining Davlat gerbi, rasmiy davlat ramzining qabul qilingan kuni! “O'zbekiston Respublikasi Davlat gerbi to'g'risida”gi Qonun 1992-yil 2-iyulda O'zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining X-sessiyasida qabul qilingan.
Davlat gerbi dumaloq ko'rinishga ega bo'lib, shaklning so'l tomoni rizq-ro'zimiz timsoli — bug'doy boshoqlaridan, o'ng tomoni esa o'zbekning dong'ini dunyoga taratgan bebaho boyligimiz — chanoqlari ochilgan g'o'za shoxlaridan iborat chambarga o'ralgan. Uzoqdagi tog'lar va daryolar manzarasida gullagan vodiy uzra quyosh zarrin nurlarini sochib turadi.
Gerbning yuqori qismida esa O'zbekiston ozodligining ramzi sifatida sakkizburchak yulduz, uning ichki qismida yarimoy va yulduz ma'nosi mamlakat aholisining ko'p qismi islom diniga etiqod qilishi, markazida — baxt va erksevarlik ramzi — qanotlarini yozgan Humo qushi tasvirlangan.
Gerbning pastki qismida O'zbekiston Respublikasi davlat bayrog'ini ifoda etuvchi chambar tasmasiga „O'zbekiston“, deb yozib qo'yilgan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 120413 | Инструменты