Huawei 1
200 nafar yoshlarga top 100 universitetlarga ariza topshirish jarayonlarini o’rganish imkoniyati yaratildi

Yoshlar ishlari agentligi “Top 100 Uni Camp” loyihasini amalga oshirmoqda. Unda  yoshlar dunyoning Top 100 universitetlariga ariza topshirish jarayonlarini o’rganish imkoniga ega. Loyihaning ilk mavsumi Bo‘stonliq tumanidagi yoshlar oromgohida start oldi. 

Oromgohda talabgorlar chet el universitetlariga ariza topshirish jarayonini bepul, sodda va tushunarli usulda o’rganmoqda. Mazkur loyihaga har bir mavsumda 200 dan ortiq ishtirokchi saralab olinadi. Oromgohga qabul qilish uchun asosiy talab til sertifikati hisoblanadi.  Bunda IELTS dan 7+ va SAT xalqaro imtihonidan  daraja 1300+ bo’lishi kerak.

Oromgoh tadbirlari doirasida maxsus darslar olib borilyapti va undan tashqari Top Uni Quiz, Top Uni Debat kabi tadbirlar ham o’tkazilmoqda.

Ma’lumot o’rnida, loyihaning kelgusi istiqbolida chet el universitetlariga ariza topshirish jarayonlari, grantlar yutish va shu kabi mavzular bo’yicha bepul video darsliklar hamda maxsus o’quv qo’llanmalari ishlab chiqish rejalashtirilgan. 

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 50910 | Инструменты