Turistik xizmatlar eksporti $422,1 mlnni tashkil etdi
Bugun, 30-iyun sanasida AOKAda Turizm va madaniy meros vazirligi faoliyati tahlili, 2022-yilda amalga oshirilayotgan ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo'lib o'tdi.
Ma'lumot berilishicha, 2021-yilda yangi turizm mahsuloti targ‘iboti uchun 58 nafar turoperator va gidga 510,0 mln. so‘m miqdorda grant ajratilgan.
Shuningdek, 2021-yil davomida O‘zbekistonga 1 881 345 nafar xorijiy sayyoh tashrif buyurib, turistik xizmatlar eksporti 422,1 mln AQSH dollarini tashkil etdi.
Ichki turizm doirasida esa qariyb 6 mln aholi respublika miqyosida sayyohat qilishgan.
Yangi mehmonxona tashkil qilgan tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida 9 nafar investorga 33,3 mlrd. so‘m subsidiya ajratildi.
O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qilish xarajatlarining bir qismini qoplash bo‘yicha 52 nafar tadbirkorga 451,6 mln. so‘m miqdoridagi subsidiya mablag‘lari ajratildi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 42413 | Инструменты