2022-yilda O'zbekistonda 10 mingga yaqin YTH sodir bo‘lib, unda 2,3 ming nafar fuqaro halok bo’lgan
Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati 2022-yilda respublika hududida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisalar haqida ma’lumot berdi.
Unga ko‘ra, o‘tgan yili 9 902 ta YTH sodir etilgan. 2086 ta holatda o‘lim bilan YTH sodir etilgan. Sodir etilgan yo‘l-transport hodisalari natijasida 2356 nafar inson vafot etgan bo‘lsa, 9606 nafari turli darajadagi tan jarohatlarini olgan.
Eng ko‘p yo‘l-transport hodisalar belgilangan tezlikka rioya qilmaslik oqibatida sodir etilgan (1 577). Eng kam YTH svetofor yoki yo‘l belgisi o‘rnatilmaganligi sababli kelib chiqqan (214).
9 902 ta YTHlarning 345 tasi ayollar, 9 557 tasi erkaklar tomonidan sodir etilgan.
Batafsil ushbu infografika orqali tanishishingiz mumkin:
Alpha version: 0.9.1.19 build 60507 | Инструменты