2023-yilda Namanganda mansabdorlik va korrupsiyaga oid holatlar yuzasidan 213 ta, Sirdaryoda 324 ta jinoyat sodir etilgan.
Namanganda davlat organlari va tashkilotlari tomonidan byudjet mablag‘laridan foydalanish bilan bog‘liq 371 ta holatda 85,5 mlrd so‘mlik, Sirdaryoda esa 201 ta holatda 44,8 mlrd so‘mlik moliyaviy xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘yilgan.
Namanganda hokimliklarning 9 nafar, qurilish sohasining 3 nafar, sog‘liqni saqlash sohasining 15 nafar mansabdor shaxsi, Sirdaryoda esa tuman hokimligining 1 nafar, qurilish sohasining 5 nafar, sog‘liqni saqlash sohasining 4 nafar mansabdor shaxsi tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanib kelayotganligi maʼlum bo‘ldi.
Hududlardagi tibbiyot muassasalarida bo‘sh ish o‘rinlari mavjud bo‘lsa-da, xodimlar (Namanganda 49,6 foizi, Sirdaryoda 66,0 foizi) to‘liqsiz stavkada faoliyat olib bormoqda.
O‘tgan yilda To‘raqo‘rg‘on tuman tibbiyot birlashmasida 33 nafar o‘rta tibbiyot xodimlari ishga qabul qilingan bo‘lib, shundan 9 nafarining tanlov asosida ishga qabul qilinganligini tasdiqlovchi bayonnoma mavjud emas. Sirdaryo viloyatida esa 52 nafar shifokor, 158 nafar o‘rta tibbiyot xodimlari tanlovsiz ishga qabul qilingan.
O‘rganishlar yakuni bo‘yicha Namangan va Sirdaryo viloyati korrupsiyaga qarshi kurashish hududiy kengashi (viloyat hokimlari)ga yuqorida keltirilgan kamchiliklar hamda korrupsiyani keltirib chiqaruvchi sabab va shart-sharoitlarni bartaraf etish choralarini ko‘rish to‘g‘risida taqdimnomalar kiritildi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 122419 | Инструменты