Huawei 1
2024-yilda Qozog‘istonda Markaziy Osiyo davlatlari ishtirokida harbiy mashg‘ulotlar o‘tkaziladi

Qozog‘istonda Ozarboyjon va Markaziy Osiyo davlatlari: Qirg‘iziston, Tojikiston, O‘zbekiston ishtirokida jangovar tayyorgarlik tadbirlari doirasida keng ko‘lamli harbiy mashg‘ulotlar o‘tkaziladi. Bu haqda Qozog‘iston Mudofaa vazirligi xabar berdi. 

"Bu yil mamlakatimiz hududida beshta davlat ishtirokida keng ko‘lamli o‘quv mashg‘ulotlari bo‘lib o‘tadi va ular yuqori tashkiliy saviyada o‘tkazilishi kerak. Qardosh xalqlar o‘rtasidagi do‘stona munosabatlarni saqlab qolish biz uchun nihoyatda muhim", dedi Qozog‘iston Mudofaa vaziri Ruslan Jaksilikov. 

Qozog‘iston Mudofaa vazirining birinchi o‘rinbosari, Qurolli Kuchlar Bosh shtabi boshlig‘i general-leytenant Marat Xusainov so‘zlariga ko‘ra, 2024-yilda 160 dan ortiq tezkor va 70 mingdan ortiq jangovar tayyorgarlik tadbiri o‘tkazilishi rejalashtirilgan. 

Ulardan eng ahamiyatlisi Ozarboyjon, Qirg‘iziston, Tojikiston va O‘zbekiston harbiy-dengiz kuchlari, Harbiy havo kuchlari, "G‘arbiy" mintaqaviy qo‘mondonligining maxsus operatsiya bo‘linmalari hamda harbiy kontingentlari ishtirokida o‘tkaziladigan "Birlestik" mashg‘ulotlaridir.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 90710 | Инструменты