Huawei 1
2025-yilda loyihasi bor 100 mingta “oʻrta” toifadagi mijozlar bilan uch oylik individual reja asosida ishlash taklif qilindi

Prezident raisligida mahallalarda kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha qilingan ishlar sarhisobi va 2025 yil uchun ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

O‘tgan olti yilda 1 million 600 ming nafar aholi “yaxshi” kredit tarixiga ega bo‘ldi. Shu bilan birga, tarixi “o‘rta” baholanganlarga yangi kredit olishda talablar kuchayishi tabiiy.

Bunday mijozlarning kredit tarixini yaxshilash, kelgusida ular tadbirkorga aylanishi uchun banklar katalizator bo‘lishi lozimligi taʼkidlandi.

Kelgusi yilda loyihasi bor 100 mingta “o‘rta” toifadagi mijozlar bilan uch oylik individual reja asosida ishlash, ularning soliq, elektr, gaz kabi boshqa to‘lovlarini ham inobatga olish, moliyaviy bilimini oshirish va loyihalarini yaxshilash orqali ularni tadbirkorga aylantirish taklif qilindi.

Yig‘ilishda respublika bo‘yicha 60 ta ilg‘or shahar-tumanni ishsizlik va kambag‘allikdan xoli hududlarga aylantirish choralari ham muhokama qilindi.

Bu tumanlarda kelgusi yilda 2 million aholini band qilish, 417 mingta oilani kambag‘allikdan olib chiqish zarurligi qayd etildi.

Tuman va shahar hokimlariga ushbu tuman-shaharlarda infratuzilmani yaxshilash topshirildi.

Aniqlangan imkoniyatlarni natijaga aylantirish uchun banklar mustahkam moliyaviy resursga ega bo‘lishi kerakligi taʼkidlandi.

Davlat mablag‘lari qatorida tashqi manbalardan ham resurs jalb qilish zarurligi qayd etildi. 

Buning uchun har bir bankda chet eldan mablag‘ olib keladigan ishchi guruh tuzish, xorijiy banklar bilan tizimli ishlab, chet elda roud-shoular o‘tkazish, yevrobond chiqarish, bank reytingini yaxshilash va xalqaro standartlarga moslashish dolzarb ahamiyatga ega ekani taʼkidlandi.

Oxirgi 5 yilda kichik va o‘rta biznesning kredit portfelidagi ulushi 40 foizdan 28 foizgacha pasaygani ko‘rsatib o‘tildi. Bunday kreditlar ulushini 40 foizga yoki 120 trillion so‘mga yetkazish choralarini ko‘rish zarurligi taʼkidlandi.

Umuman, yirik loyihalarni kichik biznes hisobidan moliyalashtirish amaliyotiga chek qo‘yish vaqti kelgani qayd etildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 121620 | Инструменты