Birlashgan Arab Amirliklaridan Oʻzbekistonga turli ogʻirlikdagi jinoyatlarni sodir etganlikda gumonlanib, Interpol kanallari orqali xalqaro qidiruvda boʻlgan 6 nafar fuqaro ekstraditsiya qilindi
Birlashgan Arab Amirliklaridan Oʻzbekistonga turli ogʻirlikdagi jinoyatlarni sodir etganlikda gumonlanib, Interpol kanallari orqali xalqaro qidiruvda boʻlgan 6 nafar fuqaro ekstraditsiya qilindi. Bu haqda IIV xabar qildi.
IIV xabaridan olindi
Joriy yil boshidan buyon IIV Interpol MMB tashabbusi bilan qidiruvda boʻlgan 16 nafar shaxs BAAdan Oʻzbekistonga ekstraditsiya qilindi.
Interpolning Oʻzbekiston Respublikasidagi Milliy markaziy byurosi xorijda yashirinib yurgan shaxslarning turgan joyini aniqlash hamda ularni qonunchilikda belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasiga qaytarish borasidagi ishlarni izchil davom ettirmoqda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 100714 | Инструменты