Huawei 1
2025-yildan barcha shirin ichimliklarga aksiz solig‘ini joriy etish rejalashtirilmoqda

2025-yildan boshlab aksiz solig‘ini barcha shirin ichimliklarga nisbatan qo‘llanilishi rejalashtirilmoqda. Bu haqda 28-oktabr kuni Iqtisodiyot va moliya vazirligida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda vazir o‘rinbosari Ahadbek Haydarov ma’lum qildi

Joriy yilning 1-aprelidan boshlab tarkibida shakar bo‘lgan gazlangan ichimliklardan bir litri uchun 500 so‘m, energetik ichimliklardan esa bir litri uchun 2000 so‘m miqdorida aksiz solig‘i undiriladi.

Kelgusi yildan boshlab boshqa alkogolsiz ichimliklar, jumladan, sharbatlar, mevali ichimliklar, limonadlar, kvaslar va boshqalar ham aksiz solig‘iga tortilishi mumkin. Ro‘yxatning kengayishi Jahon savdo tashkilotining ayrim tovarlar guruhlarini diskriminatsiya qilmaslik talablari bilan bog‘liq.

Shu bilan birga, Iqtisodiyot va moliya vazirligi tarkibida shakar o‘rnini bosuvchi (shirinlashtiruvchi) moddalar mavjud ichimliklar uchun aksiz solig‘ini pasaytirmoqchi. Bunday ichimliklarning bir litri uchun 300 so‘m miqdorida soliq qo‘llash taklif etilmoqda. 

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 103013 | Инструменты