Huawei 1
2025-yilning yanvar oyida soliq auditi jami soliq toʻlovchilarning faqat 0,06 %ida oʻtkazilgan

Soliq xizmati organlari tomonidan soliqlarni toʻlamaslik xavfi yuqori boʻlgan 309 ta tadbirkorlik subyektida soliq auditi oʻtkazildi. Bu ushbu davrda faoliyat koʻrsatgan jami soliq toʻlovchilarning (527,1 ming) 0,06 foizini tashkil etadi.

  • Aniqlangan soliq xavfi summasi – 1,4 trln soʻm;
  • ️Soliq auditida aniqlanlangan summa – 1,5 trln soʻm.  

Soliq auditida aniqlangan summa sohalar kesimida:

  • savdo va umumiy ovqatlanish sohasida – 604,8 mlrd soʻm (39,8%);
  • qishloq xoʻjaligi sohasida – 318,5 mlrd soʻm (20,9%);
  • qurilish sohasida – 267,2 mlrd soʻm (17,6%);
  • ishlab chiqarish sohasida – 188,9 mlrd soʻm (12,4%);
  • ️transport sohasida – 117,7 mlrd soʻm (7,7%);
  • ️xizmat koʻrsatish sohasida – 6,3 mlrd soʻm (0,4%);
  • boshqa sohalarda – 18,3 mlrd soʻm (1,2%).

Oʻtkazilgan soliq auditlarida 191 ta soliq toʻlovchida 3 trln soʻmdan ortiq soliq bazasi yashirilgan:

— 51 ta subyektda 308 mlrd soʻmlik realizatsiya qilingan tovarlar summasi koʻrsatilmagan;

— 62 ta subyektda 1,1 trln soʻmlik tovarlar inventarizatsiya paytida ombor yoki realizatsiya joyida mavjud boʻlmagan;

— 78 ta subyektda 1,6 trln soʻmlik kirim qilinmagan tovarlar saqlangan va (yoki) realizatsiya qilingan.

Bugungi kunda aniqlangan soliq summalaridan toʻlov muddati kelgan 612,8 mlrd soʻmning 176,1 mlrd soʻmi (28,7%) toʻlab berildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 21602 | Инструменты