25-oktabr kuni Toshkent shahrining Mirobod, Yakkasaroy va Bektemir tumanlarida gaz vaqtincha o‘chiriladi

Ta’mirlash ishlari tufayli Toshkent shahrining Mirobod, Yakkasaroy va Bektemir tumanlarining quyidagi hududlariga 25-oktabr kuni tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha to`xtatiladi. 

Bu haqda “Hududgaz Poytaxt” GTF Matbuot xizmati xabar berdi.

Mirobod tumani (10:00 dan 18:00 gacha): Yangi Mirobod, Baynalminal mahallalari.
— Aholi xonadonlari soni – 1476 ta;
— Ulgurji iste’molchilar soni – 34 ta;

Yakkasaroy tumani (10:00 dan 18:00 gacha):
— “A. Qaxxor” MFYdagi 970 ta ko`p qavatli uylardagi xonadon, 320 ta yerli xonadon;
— “Damariq” MFYdagi 920 ta ko`p qavatli uylardagi xonadon, 410 ta yerli xonadon;
— “Bobur” MFYdagi 990 ta ko`p qavatli uylardagi xonadon.

Bektemir tumani (10:00 dan 17:00 gacha):
—Ustozlar va Zabardast mahallalari;
— Aholi xonadonlari soni – 1375 ta;
— Ulgurji iste’molchilar soni – 25 ta.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 110503 | Инструменты