Huawei 1
350 o‘ringa mo‘ljallangan ochiq stipendiya tanlovi e’lon qilindi

O‘zbekiston uchun eng ustuvor sohalarda, mutaxassisliklar kesimida  350 o‘ringa mo‘ljallangan ochiq stipendiya tanlovlari e’lon qilindi. Bu haqda “El-yurt umidi” jamg‘armasi axborot xizmati ma'lum qildi.

Jamg‘arma 2021-2022 o‘quv yili uchun eng nufuzli xorijiy davlatlarda:

-  bakalavriat ta’lim dasturi uchun 100 nafar,
-  magistratura ta’lim dasturi uchun 150 nafar,
-  doktorantura ta’lim dasturi uchun 100 nafar stipendiyalar ajratishini ma’lum qiladi.

Nomzodlarning hujjatlari joriy yilning 1 aprelidan – 1 mayiga qadar, respublikaning barcha hududlari vakillari uchun yagona tartib va teng imkoniyat asosida, elektron tarzda qabul qilinadi.

Saralash bosqichlari esa 1 maydan – 20 mayga qadar davom etadi. 

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 60802 | Инструменты