Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi tomonidan 42 700 km umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarining kadastr pasportlari UzKAD axborot tizimida tayyorlanib, 44 611 gektar yer uchastkalari-ning doimiy foydalanish huquqlari davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi taʼminlandi. Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi axborot xizmati rahbari Nilufar Jumayeva Avtomobil yo‘llari davlat kadastrining yuritilishi to‘g‘risida maʼlumot berdi.
Qayd etilishicha, respublikada 209 496 km uzunlikdagi avtomobil yo‘llari mavjud bo‘lib, shundan 42 869 km yoki 21 foizi umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llari, 141 882 km yoki 68 foizi ichki xo‘jalik yo‘llari hamda 24 745 km yoki 11 foizi idoraviy va inspektorlik yo‘llarni tashkil etadi.
Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi tasarrufida 42 869 km uzunlikdagi umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llari bo‘lib, shundan 3 993 km yoki 9 foizi xalqaro, 14 203 km yoki 33 foizi davlat, 24 673 km yoki 58 foizi mahalliy ahamiyatga molik avtomobil yo‘llari mavjud.
Qoraqalpog‘iston Respublikasida 450 ta mahallaning 11 665 km ko‘chalari, Xorazm viloyatidagi 532 ta mahallaning 7 763 km ko‘chalari hamda Navoiy viloyatidagi 206 ta mahallaning 1 728 km ko‘chalariga tegishli kadastr maʼlumotlari UzKAD axborot tizimiga kiritish uchun taqdim etilgan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 60808 | Инструменты