Huawei 1
500 nafar rahbarlik lavozimida ishlayotganlarning korrupsiyaga moyilligi baholanadi

2025-yilga mo‘ljallangan davlat dasturi loyihasi muhokama uchun e’lon qilindi.

Davlat xizmatchilarida korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, ularga “halollik vaksinasi”ni singdirish hamda bu borada preventiv mexanizmlarni joriy etish ko‘zda tutilmoqda.

Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining Rahbar kadrlarni baholash markazida Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining buyurtmasi asosida 2025 yil davomida kamida 500 nafar rahbarlik lavozimlarda ishlayotganlar va ushbu lavozimlar uchun zaxirada turganlarning korrupsiyaga moyilligi darajasi baholanadi.

Davlat xizmatchilarida korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni singdirish bo‘yicha qadriyatlar tizimini shakllantirish yuzasidan tadqiqotlar olib borish asosida ta’sirchan chora-tadbirlarni joriy etishga oid takliflar muntazam (yiliga kamida bir marta) kiritib boriladi.

Bundan tashqari, yangicha konstitutsiyaviy-huquqiy sharoitda fuqarolarning jamiyat va davlat ishlarini boshqarishdagi ishtirokini yanada kengaytirish rejalashtirilgan.

“Mening fikrim” portali negizida “Mening taklifim” elektron portalini tashkil etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilib, O‘zbekiston prezidenti administratsiyasiga kiritiladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 11512 | Инструменты