Joriy yilning to‘qqiz oy davomida tovar-xomashyo birjasi orqali 152 mingdan ortiq avtomobil raqamlari sotildi.
Xususan, sotilgan avtomobil raqamlarining jami qiymati 620 mlrd so‘mni tashkil etdi. O‘tgan yilning shu davriga nisbatan savdo hajmi ham miqdor, ham pul ifodasida 2,6 barobarga oshgan.
Qayd etilishicha, ushbu sotilgan avtoraqamlardan 97%i jismoniy shaxslarga qolgan 3%i esa yuridik shaxslarga to‘g‘ri kelgan.
Sotilgan raqamning maksimal narxi o‘zgarishsiz qoldi — 517,1 mln so‘m yoki boshlang‘ich narxdan uchdan ikki qism oshdi, xaridor yuridik shaxs bo‘ldi.
Ikkinchi o‘rinda 10-iyul kuni 508 mln so‘mga sotilgan “chiroyli” avtomobil raqami turadi. Bundan tashqari, sentabr oyida yana bir raqam kimoshdi savdosida 351,9 mln so‘mga sotilgan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 103020 | Инструменты