Huawei 1
9- va 11-sinf bitiruvchilari uchun yakuniy imtihon fanlari tasdiqlandi

Xalq ta’limi vazirligining 2022 yil 28 fevraldagi 70-sonli buyrug‘iga asosan 2021-2022 o‘quv yilida umumta’lim maktablarining 9- va 11-sinf bitiruvchilari uchun ayrim fanlar bo‘yicha attestatsiya o‘tkaziladi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.

Ma'lum qilinishicha, 9-sinf bitiruvchilari uchun: ona tili va adabiyot, o‘zbek tili/rus tili, matematika, tarix, jismoniy tarbiya va qo‘shimcha ravishda o‘quvchilarning tanlovi asosida belgilangan fan bo‘yicha;

11-sinf bitiruvchilari uchun: ona tili va adabiyot, matematika, chet tili, tarix va va qo‘shimcha ravishda o‘quvchilarning tanlovi asosida belgilangan fan bo‘yicha yakuniy davlat attestatsiyasi o‘tkazilishi belgilandi.

Qayd etilishicha, umumta’lim maktablarida ta’lim beriladigan barcha tillarda yakuniy davlat attestatsiyalari o‘tkaziladigan fanlar bo‘yicha namunaviy nazorat materiallari Respublika ta’lim markazi tomonidan tayyorlanib, ta’lim markazining rasmiy saytida e’lon qilinadi.

Izohlar: 15
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 42710 | Инструменты