O‘zbekistonga ilk bor chiqindi tashiydigan elektromobil olib kelindi
O'zbekistonda endi chiqindi tashishda elektrda yurishga moʻljallangan texnika vositasidan foydalaniladi. Elektromobil “Eko House” chiqindi klasteri tomonidan Xitoydan keltirildi.
Haj-2024 mavsumida ziyoratchilar uchun bir qancha qulayliklar yaratiladi
Haj va umra vaziri Tavfiq bin Favzon ar-Rabia hojilarga o‘tgan yili 20 ta yirik shirkat xizmat qilgan bo‘lsa, bu yil ularning soni 35 taga yetishi, Arofat vodiylarida hojilarga qulaylik yaratish maqsadida jami 5 mlrd riyol (1,3 mln AQSH dollari) sarflangani, 14 mingdan ortiq tahoratxona qurilgani, o‘tgan yillarda 44 ming nafar ishchi ziyoratchilarga xizmat qilgan bo‘lsa, bu yil ularning sonini 120 mingga yetkazilishini bildirdi.
Toshkentda 25 turdagi dori vositalarini muvofiqlik sertifikatisiz sotayotgan dorixona litsenziyasi bekor qilindi
Tekshiruv mobaynida 25 turdagi dori vositasi tibbiyot amaliyotida qo‘llanilishiga ruxsat etilgan dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika Davlat ro‘yxatidan o‘tmagani hamda ushbu dori vositalarining muvofiqlik sertifikati mavjud emasligi aniqlangan.
Saudiya Arabistoni kompaniyasi bilan “Yangi Toshkent” xalqaro aeroportini rivojlantirish loyihasi ishlab chiqiladi
Transport vaziri o‘rinbosari Jasurbek Choriyev Saudiya Arabistoni podshohligi Investitsiyalar vaziri Holid al-Falih hamda mamlakat Transport va logistika vaziri o‘rinbosari Mansur Alturki bilan uchrashdi. Uchrashuvda tomonlar transport sohasida istiqbolli loyihalar yuzasidan fikr almashdi.
O'zbekistonda chiqindi yig‘ish maydonchalarida qayta ishlanadigan chiqindilar sotib olinadi
2024–2026-yillarda Toshkent, Angren, Andijon, Buxoro va Termiz shaharlarida hamda Toshkent tumanidagi ko‘p qavatli uylar joylashgan hududlardagi chiqindi yig‘ish maydonchalarida chiqindilarni “qayta ishlanadigan”, “qayta ishlanmaydigan” va “oziq-ovqat” toifalariga ajratgan holda yig‘ish tashkil etiladi.
Qozog‘iston O‘zbekistonga 1,2 mln tonna don eksport qiladi
2024-yil yanvar oyi uchun 1,5 million tonna don yukini eksport qilish bo‘yicha bazaviy reja kelishib olindi, shundan 1,2 million tonnasi Sariog‘osh chegara punkti orqali O‘zbekiston yo‘nalishi bo‘yicha.
O‘zbekiston aholisi 36,8 mln kishiga yetdi
Aholi 2023-yilning har bir oyida o‘rtacha 64,6 ming kishiga, har bir kunida esa doimiy aholi soni o‘rtacha 2,1 ming kishiga oshgan.
Xorazmda 14 yoshli bola otasi tomonidan ayovsiz kaltaklandi
Holat yuzasidan Urganch shahar Ichki ishlar organlari tomonidan tergov oldi surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
O‘zbekistonda litsenziya va ruxsat berish tartibi soddalashtirilmoqda
2024-yil 1-martdan 16 ta litsenziya va ruxsatnoma bekor qilinmoqda.
O‘zbekiston kasalliklarni erta aniqlash darajasini 70 foizga yetkazmoqchi
Qayd etilishicha, har yili 6,7 mln nafar 40 va undan katta yoshdagi aholi orasida eng ko‘p uchraydigan yurak qon-tomir, qandli diabet, o‘pkaning surunkali obstruktiv kasalliklari xavfini aniqlash maqsadida profilaktik ko‘riklar o‘tkaziladi.
Senat qo‘mitasi raisi bayram kunlarida pirotexnika vositalaridan keng foydalanilgani yuzasidan Bojxona qo‘mitasiga so‘rov yubordi
Senator Bojxona qo‘mitasi kontrabandani aniqlash bo‘yicha ko‘plab tadbirlar o‘tkazilgani haqida xabar bergan bo‘lishiga qaramay, bayram kunlari aholi tomonidan pirotexnika vositalarining keng qo‘llangani yuzasidan qo‘mitaga so‘rov yubordi.
O'zbekistonda endilikda xizmat joylarida xodimlarning jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanishi uchun sharoit yaratiladi
Respublikada aholi orasida to‘g‘ri ovqatlanish va sog‘lom turmush tarzini shakllantirish orqali ortiqcha vaznga ega aholi ulushini 50 foizga va semizligi mavjud aholi ulushini 23 foizga qadar kamaytirish rejalashtirilmoqda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 60703 | Инструменты