Huawei 2
91 yoshli qashqadaryolik onaxon koronavirusga qarshi emlandi

Bugun, 9-aprel kuni Qashqadaryo viloyati Qarshi tumani Qovchin qishlog‘iga yashovchi 91 yoshli Oydin Xidirova koronavirusga qarshi emlandi. Bu haqda  Qashqadaryo SSB Axborot xizmati ma’lumot berdi.

1930 yil tug‘ilgan, Omontepa mahallasi Navro‘z ko‘chasi 30-uyda yashovchi onaxon tumandagi 52-sonli oilaviy poliklinikada emlangan. Ayni paytda qariyb bir asrni qarshilayotgan onaxon o‘zini har doimgidan ham tetik his qilmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga