Abdulla Oripov tavalludining 80 yilligiga bag'ishlangan tadbirda nimalar haqida so'z bordi?
Prezidentning Oʻzbekiston Qahramoni, xalq shoiri Abdulla Oripov tavalludining 80 yilligini keng nishonlash toʻgʻrisidagi qaror qabul qilingan edi.
Bu bo'yicha Oliy Majlis Qonunchilik palatasida videoanjuman shaklida tadbir o'tkazilgan. Qolaversa, Abdulla Oripov ham Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, keyinchalik Senat aʼzosi boʻlgan.
Tadbirda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikerining birinchi oʻrinbosari Akmal Saidov yigʻilganlarga shu haqda atroflicha maʼlumot bergan.
Maʼlumki, Abdulla Oripov 1941-yil Qashqadaryo viloyati Koson tumani Nekuz qishlogʻida tugʻilgan, 1958-yil oʻrta maktabni oltin medal bilan tamomlab, tahsilni Oʻzbekiston davlat universiteti oʻzbek filologiyasi fakultetining jurnalistika boʻlimida davom ettiradi.
Shior 1963-yildan 1996-yilgacha turli ijodiy tashkilotlarda samarali faoliyat yuritgan. Uzoq yillar Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasiga raislik qilgan, Oʻzbekiston mualliflik huquqini himoya qilish qoʻmitasini boshqargan.
Tadbir davomida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikeri oʻrinbosari Ulugʻbek Inoyatov ham adibning siyosiy faoliyati, xususan, qonun ijodkorligi, ijtimoiy himoyani kuchaytirishga doir takliflari haqida soʻz yuritdi.
Shu bilan birga, xotira tadbirida shoirning turmush oʻrtogʻi Hanifa Mustafoyeva hamda video aloqa orqali Qarshi shahridagi Abdulla Oripov ijod maktabi oʻquvchilari ham ishtirok etgan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 11912 | Инструменты