Huawei 1
Netanyaxu: HAMAS tomonidan ozod etilgan garovga olinganlarning aksariyati tirik

Isroil Bosh vaziri Benyamin Netanyaxu xalqqa qilgan videomurojaatida Falastinning HAMAS harakati tomonidan ozod etilishi kutilayotgan isroillik garovga olinganlarning aksariyati tirik ekanini aytdi.

“Qabul qilingan kelishuv doirasida biz garovga olingan 33 kishini uyga qaytaramiz, ularning aksariyati tirik”, dedi Isroil bosh vaziri.

Netanyaxu, shuningdek, muzokaralar davomida Isroil kelishuvning birinchi bosqichida HAMAS qo‘yib yuborishi kerak bo‘lgan garovga olinganlar sonini oshirishga muvaffaq bo‘lganini ta’kidladi. Bosh vazirning aniqlik kiritishicha, kelishuv shartlariga ko‘ra, Falastin harakati may oyida HAMAS tomonidan ilgari surilgan taklifga nisbatan deyarli ikki barobar ko‘p tirik garovga ayirboshlashga va’da bergan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 11915 | Инструменты