Seulning G‘arbiy okrug sudi qaroriga ko‘ra, endi tergovchilar Yun Sok Yolni 20 kungacha hibsda ushlab turishlari mumkin. Bu muddatga 15-yanvarda u qo‘lga olinganidan keyin vaqtinchalik hibsxonada o‘tkazgan kunlar ham kiritiladi.
Korrupsiyaga qarshi kurash idorasi Yunning ishini 10 kun ichida prokuraturaga topshirishni rejalashtirmoqda. Prokuratura esa tergovni davom ettirib, davlat rahbari hibsda bo‘lgan davrda unga ayblov eʼlon qilishni mo‘ljallamoqda.
2024-yil 3-dekabr kuni Yun Sok Yol Janubiy Koreyada harbiy holat joriy qilish haqida eʼlon qilgan edi. Mamlakat parlamenti bu qarorni tezda bekor qildi va 14 dekabr kuni Yunga nisbatan impichment eʼlon qilgandi. Hokimiyatdan chetlatilgan davlat rahbari sud orderi bilan 15-yanvar kuni ikkinchi urinishda qo‘lga olingan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 11915 | Инструменты