Huawei 1
Abituriyentlarning 56,9 foizi beshtagacha ta’lim yo‘nalishini tanlash imkoniyatidan foydalangan holda talabalikka tavsiya etilgan

Abituriyentlarga yaratilgan eng yaxshi qulayliklardan biri ro‘yxatdan o‘tishda beshtagacha ta’lim yo‘nalishini tanlash imkoniyati berilganidir.

2023-2024-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovi natijalariga ko‘ra 193 421 nafar abituriyent talabalikka tavsiya etildi.

Shundan 180 ming nafarga yaqini umumiy qabul parametrlari doirasida o‘qishga qabul qilingan bo‘lib, ularning:

- 77 520 nafari (43,1 %) — birinchi ta’lim yo‘nalishiga
- 102 279 nafari (56,9 %) — ikkinchi-beshinchi ta’lim yo‘nalishiga talabalikka tavsiya etilgan.

Bundan ma’lum bo‘ladiki, agar abituriyentlar oldingidek faqatgina bitta ta’lim yo‘nalishiga hujjat topshirganida ularning teng yarmidan ko‘pi talabalikka tavsiya etilmagan bo‘lar edi. 

Bundan tashqari, joriy yilda 42 655 nafar abituriyent davlat granti asosida talabalikka tavsiya etilgan bo‘lib, ularning 32 818 nafari umumiy qabul parametrlari doirasida o‘qishga qabul qilingan.

Shundan 15 715 nafar (47,9 %) abituriyent “Davlat granti” ustuvorligini tanlagan holda ikkinchi-beshinchi ta’lim yo‘nalishiga davlat granti asosida talabalikka tavsiya etilgan.

Agar davlat granti ustuvorligi bo‘lmaganida mazkur abituriyentlarning aksariyat qismi birinchi ta’lim yo‘nalishiga to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan bo‘lar edi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 51105 | Инструменты