Huawei 1
Afg‘onistonda aniqlangan vabo kasalligi O‘zbekistonga kirib keldimi?

Afg‘onistonda aniqlangan vabo kasalligi O‘zbekistonga kirib kelgani haqida tarqalgan ma’lumotlar mutlaqo yolg‘on. Bu haqda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshlig‘i o‘rinbosari Nurmat Otabekov xabar berdi.

Eslatib o’tamiz, avvalroq Afg’onistonda ushbu infeksiya avj olgani ma’lum bo’ldi. Respublikaning ikkita yirik viloyatida 24 soat ichida 120 dan ortiq odam kasallangani, 40 kishi halok bo‘lgani haqida xabar bergan edik.

Ushbu vaziyat O'zbekiston fuqarolari o'rtasida ham sarosima keltirib chiqardi va mamlakatimizga ham bu kasallik kirib kelgani to'g'risida bir qancha feyk xabarlar tarqalishiga sabab bo’ldi.

Nurmat Otabekovning qayd etishicha, O’zbekistonda shu paytga qadar biror marta vabo kasalligi aniqlanmagan.

“O‘zsuvtaʼminot” ham o'z o'rnida aholi orasida ichimlik suvi quvurlari va jo‘mraklar orqali vabo kasalligi tarqalishi mumkinligi to‘g‘risida tarqalayotgan xabarlar yuzasidan izoh berib, ular mutlaqo asossiz ekanligini qayd etgan edi.

Vabo qanday kasallik, uning asosiy belgilari qanaqa?

Vabo (cholera) — ingichka ichakning zararlanishi, intoksikatsiya, umumiy ahvolning og'irlashuvi va organizmning suvsizlanishi bilan davom etadigan o'tkir infeksion o'ta xavfli ichak kasalliklaridan biri hisoblanadi.

Vabo dastlab 1816-yilda Hindistonda — Gang daryosi vodiysida paydo bo'lgan va u yerda turmush sharoiti og'ir bo'lganligi uchun aholining boshqa davlatlarga ko'chib ketishi barobarida kasallik dastlab Yevropaga, keyinchalik butun dunyoga tarqalgan.

Vabo 2-3, ba'zan 5 kunlik inkubatsion davrdan keyin o'ziga xos belgilar bilan boshlanadi: ich tez-tez va ko'p keladi, bemor qusadi, tana harorati pasayadi (35-34° gacha), muskullari tirishadi, yurak urishi susayadi.

Vabo vibrioni bemorning axlati, qusug'i, ba'zan siydigi bilan tashqariga chiqadi. Vibrionlar tushgan suv va oziq-ovqatni iste'mol qilish natijasida mazkur kasallik yuqishi mumkin.

Vibrionlarni pashsha ham tarqatadi. Ular vibrionlarni qorniga va oyoklariga ilashtirib olib, oziq-ovqatga va ichimlik suvga yuqtirishi mumkin.

Vabo yuvuqsiz qo'l, kir kiyimbosh va gigiyena vositalari orqali ham yuqishi mumkin. Vabo vibrionlari tushgan suvni iste'mol qilish natijasida kelib chiqqan Vabo epidemiyalari qisqa vaqtda ko'p aholini zararlashi mumkin.

O'zbekistonda vaboning oldini olish maqsadida qanday ishlar amalga oshirilmoqda?

O'zbekistonda vabo kasalligini tarqalishini va kelib chiqishini oldini olish yuzasidan quyidagi choralar ko‘rilmoqda:

- kasallikning chetdan kirib kelishini oldini olish maqsadida respublika bo‘yicha bugungi kunda davlat chegaralarini kesishish joylarida 54 ta sanitariya-karantin punktlari (SKP) faoliyat ko‘rsatib kelmoqda;

- barcha xalqaro aeroportlar va avtomagistral yo‘llarda joylashgan yo‘lovchi o‘tish oqimi yuqori bo‘lgan SKPlar zamonaviy teplovizorlar va kontaktsiz termometr (pirometr)lar bilan yetarlicha ta’minlangan;

- yuqumli kasalliklar shifoxonalarida, oral-regidratasiya punktlarida o‘tkir diareyaga chalingan bemorlarni vaboga tekshirilishi tashkil etilgan;

- kasallikka chalingan (gumon qilingan) bemorlarni shifoxonaga yotqizish maqsadida shifo-o‘rinlari zaxirasi tashkil etilgan;

- vabo kasalligiga chalingan bemorlarini davolash ishlarini tashkil etish uchun zarur dori vositalari zahirasi yaratilgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 51100 | Инструменты