"400dan ortiq mehmonlar qatnashgan tadbir 819 mln so‘mga tushgan ekan, nechta bolani bu pulga o‘qitsa bo‘ladi deyishibdi. INXA yoki AMITIda 1 yil o‘qish 30 mln atrofida bo‘lsa, 4 yilda bir bolaga 120 mln ketadi, ya’ni bu pulga 7 ta bolani bakalavrga o‘qitsa bo‘ladi. Uniyam qilish kerak albatta , lekin bu tadbir ham muhim",-deydi vazir
Telegramdagi kanallardan birida IT-Park Rewind—2022 yillik anjumaniga sarflangan pullar va bu mablag‘larga qancha bolarni o‘qitish mumkin bo‘lgani haqida post joylashtirildi.
Unga "Aloqa vazirimiz Shermatov tizimdagi kichik tadbirchasini xarajatlarini ko‘rib qo‘ysin. Anu 70 ming so‘mlik somsa bu xarajatni oldida odobli bola bo‘pqolarkanku. Tortni o‘zi qariyib 15 million so‘m ekan. Endi Janob Shermatovga bitta savol. Tadbirga ketgan pulga nechta bolani ayti sohasiga o‘qitsa bo‘lardi? Davlatni pulini tekshiradigan vakolatli organlardan umid qilamiz endi" deya izoh yozib qoldirilgan.
Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov bu xabarga munosabat bildirdi. Uning yozishicha, davlat byudjetidan bir so‘m ham mablag‘ yoki subsidiyalangan kredit olmasdan 2017-yilgacha rasman deyarli yo‘q bo‘lgan (asosan norasmiy ishlangan) IT sohasi bu yil 100 mln dollardan ortiq rasmiy eksportga erishishi kutilmoqda.
"Bu sohada ish bilan band bo‘lganlarning umumiy soni an’anaviy aloqa sohasidagilarnikidan oshdi. Shu vaqtgacha bu komandaga umuman yordam bermagan odamlar yo‘q joydan hozir ularni qoralashga harakat qilayotgani esa achinarli xol",-deydi Shermatov.
Qayd etilishicha, 24-iyul kuni o‘tkazilgan IT Park Rewind tadbirida Birlashgangan Arab Amirligi, Germaniya, Hindiston, Rossiya, Belarus davlatlaridan mehmonlar kelib, O‘zbekistonni IT xabga aylantirish va eksportni yanada oshirish bo‘yicha vazifalarni muhokama qilishgan.
"Tadbirdan so‘ng hozirgi kungacha IT Park rezidentlari soni 174 taga oshdi, shundan 56tasi eksporter. Bu esa yana qo‘shimcha 2000dan ortiq ishchi o‘rinlari degani. Kichkina emas, balki 400dan ortiq mehmonlar qatnashgan tadbir 819 mln so‘mga tushgan ekan, nechta bolani bu pulga o‘qitsa bo‘ladi deyishibdi. INXA yoki AMITIda 1 yil o‘qish 30 mln atrofida bo‘lsa, 4 yilda bir bolaga 120 mln ketadi, ya’ni bu pulga 7 ta bolani bakalavrga o‘qitsa bo‘ladi. Uniyam qilish kerak albatta (shuning uchun INXAga Prezidentimiz 100 ta grant ajratib berdilar), lekin bu tadbir ham muhim.
Xullas, yoki IT Park faoliyatiga endi katta-katta kompaniyalar ishonib, O‘zbekistonga autsorsni ko‘paytirib turgan vaqtda unga xalaqit qilmasdan kelgusi katta marra eksportni 1 mlrd dollarga olib chiqish ustida birgalikda ishlashimiz kerak yoki mayda g‘iybat gaplar bilan ularni ham qo‘lini sovutib, O‘zbekistonni IT autsorsing xabiga aylantirish fikridan voz kechishimiz kerak", deydi vazir.
Alpha version: 0.9.1.19 build 60421 | Инструменты