Klub 3 yillik shartnoma taklif qilmoqda
Saudiyaning "Al-Hilol" futbol klubi "PSJ" hujumchisi Neymarni o‘z jamoasi safiga qo‘shib olmoqchi. 31 yoshli braziliyalik futbolchi uch yillik shartnoma uchun 600 million yevro to‘lashga tayyor.
31 yoshli Neymarning "PSJ" bilan shartnomasi 2025 yilning yozida yakuniga yetadi. Oldinroq hujumchi "Barselona"ga qaytishga tayyorligi va klublar ehtimoliy transfer bo‘yicha kelishib olgani xabar qilingandi.
Eslatib o‘tamiz, "Al-Hilol" avvalroq "Chelsi"ning sobiq himoyachisi Kalidu Kulibali va "Vulverxempton"ning sobiq yarim himoyachisi Ruben Neves bilan shartnoma imzolagan edi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 70610 | Инструменты