Huawei 1
Alisher Navoiyning “Xamsa” asari Afg‘onistonda birinchi marta arab alifbosida chop etildi

Afg‘onistonning Faryob viloyati markazi Maymana shahrida o‘tkazilgan tantanali marosimda Navoiyning o‘zbek-arab alifbosidagi ilk “Xamsa”si taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Unda Afg‘onistonda birinchi marta arab alifbosida chop etilgan Navoiyning “Xamsa” asari namoyish etildi.Avvalroq, O‘zbekiston xalq yozuvchisi Pirimqul Qodirov qalamiga mansub "Yulduzli tunlar" romani ingliz tiliga tarjima qilinib, Fransiyaning "Nouveau Monde Editions" nashriyotida chop etilgani haqida xabar qilgan edik. Bundan oldin esa Al Hakim at-Termiziyning yoʻqolgan asarlaridan biri topilib, nashr etilgani xabar qilingandi. At-Termiziyning Movarounnahrda Qurʼon sharhiga bagʻishlangan ilk asar sifatida baholangan kitobi bugungacha yoʻqolgan deb kelinardi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 11420 | Инструменты