O‘zbekistonda 60 yoshdan keyin oila qurayotgan erkaklar soni mingdan oshdi

O‘zbekistonda joriy yilning yanvar–sentabr oylari davomida jami 172 mingta nikoh rasman qayd etildi. Milliy statistika qo‘mitasi e’lon qilgan ma’lumotlar oila qurish yoshi bilan bog‘liq e’tiborli raqamlarni ochib berdi.

Tahlillarga ko‘ra, o‘tgan to‘qqiz oy mobaynida 60 yoshdan oshgan 1 031 nafar erkak qonuniy nikohdan o‘tgan. Xususan:

- 61–69 yosh oralig‘idagilar — 813 nafarni;
- 70 yosh va undan kattalar esa 218 nafarni tashkil etgan.

Umumiy statistikada kuyovlarning asosiy qismini odatdagidek 20–30 yosh oralig‘idagi yigitlar egallagan — bu yosh toifasida 141 620 ta nikoh qayd etilgan. Boshqa yosh guruhlari bo‘yicha ko‘rsatkichlar quyidagicha taqsimlangan:

- 20 yoshgacha — 3 093 nafar;
- 31–40 yosh — 19 005 nafar;
- 41–50 yosh — 4 967 nafar;
- 51–60 yosh — 2 310 nafar.

Mutaxassislarning qayd etishicha, katta yoshdagi fuqarolar o‘rtasida nikohlarning qonuniylashtirilishi yolg‘izlikni bartaraf etish, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash hamda mulkiy va meros huquqlarini tartibga solish ehtiyoji bilan ham bog‘liq.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 112312 | Инструменты