U davlat xizmati to‘g‘risidagi qonun kuchga kirganidan keyin shunday qarorga kelgan
Andijon viloyati Sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i Jur’atbek Quvvatov o‘z lavozimidan ozod etish to‘g‘risida ariza berdi, deb xabar qildi viloyat hokimligi matbuot xizmati.
Xabarga ko'ra, 2022-yilning 8-avgustdagi O‘zbekiston Respublikasining "Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida"gi O‘RQ-788-sonli qonunini qabul qilingan bo‘lib, ushbu Qonun 2022-yilning 10-noyabr kunidan kuchga kirgan.
Mazkur qonunning 13-moddasiga ko‘ra davlat fuqarolik xizmatchisiga tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishga, tadbirkorlik faoliyati subyektlarini tashkil etishga, ularning muassisi (ishtirokchisi) bo‘lishga, tadbirkorlik faoliyati subyektida tashkiliy boshqaruv, ma’muriy xo‘jalik vazifalarini bajarishga cheklovlar qo‘yilgan.
Xabaringiz bor, Andijon viloyati hokimligi Sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlangan Jur’atbek Quvvatov tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanadi.
Yuqoridagi Qonun kuchga kirishi munosabati bilan, Qonunning 19-moddasida ta’kidlangan manfaatlar to‘qnashuvini oldini olish, tadbirkorlik faoliyatini davom ettirish maqsadida J.Quvvatov egallab turgan lavozimidan (Sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i) ozod qilinishini so‘rab ariza bilan murojaat etganligi ma’lum qilindi.
Eslatib o'tamiz, joriy yil oktabr oyida Andijon viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga Jur’atbek Quvvatov tayinlangani haqida xabar bergan edik.
Alpha version: 0.9.1.19 build 40503 | Инструменты