Huawei 2
Andijonda 2 nafar voyaga yetmagan bola o'z uyida o'ldirilib, o'sha yerga ko'mib ketilgan

Ijtimoiy tarmoqlarda Andijon shahridagi xonadonlarning birida ikki bolaning jasadi topilganligi haqida xabar tarqaldi.

Viloyat prokuraturasi xabariga ko'ra, jinoyat Andijon shahar Zafar ko‘chasi 4-uyda sodir bo'lgan. Shu yerda yashab kelgan 3 va 8 yoshli bolalarning jasadi yashash xonadonidan qotillik alomatlari bilan topilgan.

Mazkur holat yuzasidan Andijon shahar prokuraturasi tomonidan jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan bo'lib, ushbu ishni viloyat bosh prokurori o'z nazoratiga olgan.

Hozirda bu bo‘yicha dastlabki tergov harakatlari viloyat prokuraturasining o‘ta og‘ir jinoyatlarni tergov qilish bo‘limi tomonidan o‘tkazilmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga