Andijonda 20 yoshli yigit cho‘milish maqsadida suvga tushib, oqib ketdi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov "Uzreport.news" manbasiga xabar berdi.
Qayd etilishicha, 2023-yil 5-avgust kuni soat 13:00 larda Andijon tumani Oq yor mahallasi Hunarmandlar ko‘chasi 24-uyda yashovchi Muxiddinjonov Muslimiddin viloyat IIBning “102” qisqa raqamiga qo‘ng‘iroq qilib, Oltinko‘l tumani Gulbog‘ MFY Gulbog‘ ko‘chasidan o‘tib ketayotgan vaqtida, ushbu hududdan oqib o‘tgan Katta Farg‘ona kanaliga yoshi taxminan 25-30 yoshlardagi erkak cho‘milish maqsadida suvga tushib oqib ketganligini bildirgan.
Hodisa joyiga Andijon tuman prokuraturasi tergovchisi M.Soliyev, tuman IIB boshlig‘ining o‘rinbosarlari L.Sulaymonov, S.Nasirdinov hamda tuman IIB tergov-tezkor guruhi chiqib, hodisa joyini ko‘zdan kechirish va boshqa tergov qadar tekshiruv harakatlari o‘tkazildi.
Tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida, suvda cho‘kkan shaxs Andijon tumani Qo‘shariq MFY Mustaqillik 21 yilligi ko‘chasi 34-uyda yashagan 2003-yilda tug‘ilgan H.Gʻanijonov ekanligi ma’lum bo‘ldi.
Tekshiruv harakatlari davomida holatga aloqador bo‘lgan barcha shaxslardan batafsil tushuntirish xatlari olinib, hodisa joyini ko‘zdan kechirish davomida H.Gʻanijonovning kiyimlari va buyumlari tegishli tartibda rasmiylashtirib olingan.
Hozirda fuqaro H.Gʻ.ning oqib ketganligi holati yuzasidan to‘plangan hujjatlar, tergovga qadar tekshiruv harakatlarini olib borish uchun Oltinko‘l tuman prokuraturasiga yuborildi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 51108 | Инструменты