Joriy yilning 19 noyabr kuni soat 17:35 atrofida Andijon viloyati Oltinko‘l tumani "Bo‘ston" MFY hududida Nexia-2 haydovchisi 25 yoshli velosipedchini urib yuborgan. Ammo, haydovchi unga yordam ko‘rsatmay, voqea joyidan qochib ketgan.
Viloyat IIB YHXB Axborot xizmatining xabar berishicha, YTH oqibatida, U.O. tan jarohati olib tuman shifoxonasiga yotkizilgan. Ammo, ko‘rsatilgan muolajalarga qaramasdan u shifoxonada vafot etgan.
Tezkor qidiruv harakatlari natijasida haydovchi qo‘shni Baliqchi tumanidan topilib, ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Oltinko‘l tumani IIB Tergov bo‘limi tomonidan JKning 266-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Bu bo'yicha ayblanuvchi muayyan huquqdan mahrum qilib, yetti yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 110607 | Инструменты