Huawei 1
Andijonda Onix avtomobili anhorga tushib ketdi

2024-yil 8-oktyabr kuni soat 14:00larda, Andijon shahar Yu.Otabekova hamda Shahidtepa ko‘chalari kesishgan chorraha oldidagi ovqatlanish shahobchasi avtoturargohidan, 1973-yilda tug‘ilgan haydovchi Sh.O. o‘zining “Onix” rusumli transport vositasida orqaga harakatlanayotgan vaqtida, boshqaruvni yo‘qotib, ushbu joydagi anhorga tushib ketgan.

Ushbu hodisa oqibatida hech kimga tan jarohati yetkazilmagan, transport vositasi maxsus tehnikalar yordamida anhordan chiqarilgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 100923 | Инструменты