Avvalroq, ijtimoiy tarmoqda Andijon viloyati Marhamat tumanida Spark ayanchli YTHga uchragani haqida xabarlar tarqaldi. Andijon viloyati IIB JXX YHXB Axborot xizmati holat yuzasidan maʼlumot berdi.
Maʼlum qilinishicha, 2025 yil 8 yanvar kuni soat 21:35 larda Andijon viloyati Marhamat tumani “Alitepa” MFY hududidan o‘tuvchi D-140 avtomobil yo‘lining 40-kilometrida haydovchi 1998 yilda tug‘ilgan B.K. “Spark” rusumli avtomobilda katta tezlikda harakatlangan va rul boshqaruvini yo‘qotib, yo‘l chetidagi daraxtga urilgan.
Andijon viloyati IIB JXX YHXB Axborot xizmatining abar qilishicha, mazkur YTH oqibatida haydovchi va 1999 yilda tug‘ilgan yo‘lovchi vafot yetgan va bir yo‘lovchi tan jarohati bilan shifoxonaga yotqizilgan.
Holat yuzasidan Marhamat tumani IIB xodimlari tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 11800 | Инструменты