Ijtimoiy tarmoqlarda fuqarolardan birini temiryo‘lda tok urgani haqida videolar tarqaldi. Holat yuzasidan “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, hodisa joriy yilning 10 iyun kuni Andijon viloyatidagi Poytug‘ bekatida sodir bo‘lgan. Begona fuqarolardan biri temiryo‘l stansiyasi hududiga kirib, ikkinchi yo‘lda bo‘sh turgan sisternaga chiqib olgan.
Vagonda bo‘lgan erkak kontakt tarmog‘idagi kuchlanish ta’siriga tushib, yerga yiqilgan. Stansiya navbatchi xodimi voqeaga zudlik bilan munosabat bildirib, tez tibbiy yordam brigadasini chaqirgan.
Jabrlanuvchiga zarur tibbiy yordam ko‘rsatilib, shifoxonaga olib borilgan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 61414 | Инструменты