Huawei 1
Andijondagi xonadonlarning biriga o‘t ketdi

Bugun, 26 dekabr kuni Andijon viloyatidagi xonadonlarning birida yong‘in chiqdi. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi  xabar berdi.

Qayd etilishicha, soat 11:32 da Andijon shahar “Islomobod” MFY Mirpo‘stin ko‘chasida joylashgan fuqaro I.T.ning yashash uyida yong‘in sodir bo‘layotgani haqida viloyat FVBga xabar kelib tushgan. Soat 11:37 da aytilgan manzilga yong‘in-qutqaruv ekipajlari yetib borgan va soat 12:13 da sodir bo‘lgan yong‘in batamom o‘chirilgan.

Yong‘in oqibatida yashash uyining 120 m kvadrat maydonida shift tom qismi va uy-ro‘zg‘or buyumlari yonib zararlangan.

Yong‘in sodir bo‘lish omillari va moddiy zarar aniqlanmoqda. 

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 122707 | Инструменты