Antropogen omillar tufayli havoning ifloslanishi xavfli darajaga yetdi — olimlar
Dunyoda 1950 yildan buyon kimyoviy moddalar ishlab chiqarish 50 baravarga oshgan. Mutaxassislar 2050 yilga borib, bu ko‘rsatkich uch baravarga oshishini bashorat qilishmoqda.
Stokgolm Barqaror rivojlanish markazi olimlarining ma’lum qilishicha, antropogen omillar tufayli havoning ifloslanishi xavfli darajaga yetdi.
Ekspertlarning so‘zlariga qaraganda, plastmassa hamda 3,5 mingta sintetik kimyoviy moddalar havoning ifloslantirayotgan asosiy omillar sanaladi. Bular tarkibiga pestisidlar, sanoat chiqindilari hamda antibiotiklar kiradi. Bular hasharotlar hamda o‘simliklar dunyosiga jiddiy xavf solmoqda.
Bundan tashqari, zaharli birikmalarning atrof-muhitga tarqalish tezligi tabiiy ekotizimlarga zarar bermoqda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 120107 | Инструменты