AQSH O‘zbekistonga ajratiladigan 2,5 mln dollarlik grantni bekor qildi

AQSH Davlat departamenti O‘zbekistonda “tanqidiy fuqarolik ishtirokini rivojlantirish” uchun ajratilishi rejalashtirilgan 2,5 million dollarlik grantni bekor qildi. Bu haqda AQSH Hukumat samaradorligi departamenti xabar berdi

Bildirilishicha, Davlat kotibi Marko Rubio Davlat departamentining tashqi yordamini tekshirishda davom etmoqda. Uning doirasida 215 million dollarlik 139 ta “behuda grant” bekor qilingan.

Ushbu grantlar orasida O‘zbekistonda “tanqidiy fuqarolik ishtirokini rivojlantirish” uchun ajratilishi rejalashtirilgan 2,5 million dollarlik loyihadan tashqari quyidagilar ham bor:

  • Buyuk Britaniyadagi “dezinformatsiyaga qarshi dastur”, “Media xilma-xilligi”ni rag‘batlantiruvchi “Trollarni yo‘q qiling!” kabi dasturlar uchun 5,2 million dollar; 
  • Moldovadagi “Expanded Newsroom Sustainability and Engagement” loyihasi uchun 2 million dollar;
  • Braziliyada “frilanserlarning huquqlarini yo‘naltirish” uchun 1 million dollar;
  • “Belarusda ijodiy kontent orqali dezinformatsiyaga javob berish” uchun 2,4 million dollar;
  • Yevropada “Tinchlik va demokratiya uchun mustaqil media” uchun 1,7 million dollar;
  • “Adolat va javobgarlikka ayollar boshchiligidagi gender yondashuvi” uchun 1,5 million dollar;
  • Bolgariyada “BeMediaWise” uchun 1,7 million dollar;
  • Mavritaniyada “Ayollar uchun tashkilotga qo‘shilish uchun joy” uchun 900 ming dollar;
  • Livanda “Migrant uy ishchilari boshchiligidagi harakatni qurish” uchun 750 ming dollar;
  • Tunisdagi feministik “Erkin fikr bildirish tashabbusi” uchun 740 ming dollar.
Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 22000 | Инструменты