Huawei 1
Avazbek Olimov shoiraga 170 mln so‘m tovon puli va ma’naviy zarar to‘lab beradigan bo‘ldi

Xonanda Avazbek Olimov “Go‘zal yorim” she’rini shoiraning ruxsatisiz yillar davomida “Sevar yorim” nomi ostida o‘zgartirib kuylab kelgani uchun sudga berilgani haqida xabar berilgan edi. Shoira Mahliyo Ahrorova mualliflik huquqlari buzilgani uchun 200 mln so‘m ma’naviy zarar hamda 340 mln so‘m tovon puli talab qilib sudga shikoyat qilgan.  

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Uchtepa tumanlararo sudi ushbu ish bo‘yicha yakuniy qarorini e’lon qildi.

Unga ko‘ra, Avazbek Olimov shoiraga 150 mln so‘m tovon puli, 20 million so‘m ma’naviy zarar, 6 680 000 so‘m davlat boji uchun to‘lov va 34 ming so‘m pochta harajatlarini to‘lab beradigan bo‘ldi.

Bundan tashqari xonandaga “Sevar yorim” qo‘shig‘ini ijro etmaslik majburiyati yuklangan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 122405 | Инструменты