Avtomobil oldi-sotdi sohasida ko‘plab firibgarlik jinoyatlarini sodir etganlikda ayblanib 2015-yildan buyon qidiruvda bo‘lgan o‘zbekistonlik erkak Turkiyada ushlandi. Bu haqda O‘zbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulxonasi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Turkiya va O‘zbekiston Ichki ishlar vazirliklari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida Istanbul shahrida qo‘lga olingan 1969-yilda tug‘ilgan I.U. 2025-yil 11-yanvar kuni O‘zbekistonga deportatsiya qilindi.
Bosh konsulxona ushbu shaxsning xatti-harakatlaridan jabr ko‘rgan fuqarolardan O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi yoxud uning quyi tizimlariga murojaat qilishni so‘radi.
Shuningdek, so‘nggi vaqtlarda firibgarlik holatlari yuzasidan Bosh konsulxonaga kelayotgan murojaatlar soni ortganligini inobatga olib, fuqarolardan firibgarlarga aldanib qolishdan ogoh bo‘lishga chaqirdi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 11503 | Инструменты