Ijtimoiy tarmoqlarda “avtomobillar qabristoni” bor, degan videorolik tarqaldi. Bu ma’lumotni UzAuto Motors kompaniyasi rad etdi.
"Video Andijon viloyatining dilerlik markazlaridan birining hududida avtomashinalarni yuklash jarayonida haydovchi tomonidan suratga olingan", - deyiladi kompaniya xabarida.
Shuningdek, UzAuto Motors kompaniyasi O‘zbekiston qonuchiligida OAV va ijtimoiy tarmoqlarda yolg‘on xabar tarqatganlik uchun ma’muriy javobgarlik belgilanganini ham eslatib o‘tgan.
Foydalanuvchilarga ma’lumotlarni UzAuto Motors kompaniyasining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sayti va sahifalari orqali bilish tavsiya qilindi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 11512 | Инструменты