Hukumat qarori bilan Avtotransportda yo'lovchi tashish xizmatlari sifatini baholash metodikasi tasdiqlandi.
Metodika quyidagilarni nazarda tutadi:
- hududlarning jamoat transporti bilan ta'minlanganlik darajasi ko'rsatkichlarini belgilash;
- hududlarning jamoat transporti bilan ta'minlanganlik darajasini aniqlash;
- avtotransportda yo'lovchi tashish xizmatlari sifatini baholash;
- avtotransportda yo'lovchi tashish xizmatlari sifati bo'yicha hududlarning reytinglarini belgilash.
Shuningdek:
- ikki yilda bir marta 1-fevralgacha Transport vazirligi tomonidan avtotransportda yo'lovchi tashish xizmatlari sifatini baholash dasturi tasdiqlanadi;
- avtotransportda yo'lovchi tashish xizmatlari sifati bo'yicha hududlarning reytinglari mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlari faoliyatining eng muhim samaradorlik ko'rsatkichlari (KRI)ni aniqlashda hisobga olinadi.
Transport vazirligi:
- 2025-yil 1-noyabrgacha joylardagi hokimliklar bilan birgalikda shaharlarning avtotransportda yo'lovchi tashish xizmatlari sifatini baholaydi;
- 2025-yil 10-noyabrgacha baholash natijalariga ko'ra aholiga transport xizmatlarini ko'rsatish bo'yicha respublika shaharlarining reytingi e'lon qilinadi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 122803 | Инструменты