18-iyun kuni Hukumat qarori [377-son] bilan “Avtotransport vositalarini nogironligi bo‘lgan shaxslar ehtiyojlariga moslashtirish xarajatlarini qoplash bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatish”ning ma’muriy reglamenti tasdiqlandi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar qildi.
Reglamentga ko‘ra, avtotransport vositalarini nogironligi bo‘lgan shaxslar ehtiyojlariga moslashtirish xarajatlarining 50 foizi, biroq BHMning 30 baravarigacha bo‘lgan qismi qoplab beriladi.
Bunda xarajatlar 2024-yil 1-oktabrgacha shahar, shahar atrofi, shaharlararo avtobusda yo‘lovchi tashish yo‘nalishlarini biriktirish bo‘yicha tenderda g‘olib bo‘lib, ushbu yo‘nalishlarda xizmat ko‘rsatgan tadbirkorlarning har bir avtobusi uchun qoplanadi.
Shuningdek, 2024-yil 1-noyabrdan I guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarning o‘z nomiga rasmiylashtirilgan va shaxsiy foydalanuvida bo‘lgan 1 ta avtotransport vositasi uchun amalga oshiriladi.
Avtotransport vositalarini quyidagilar bilan jihozlash uni nogironligi bo‘lgan shaxslar ehtiyojlariga moslashtirish deb e’tirof etiladi:
tadbirkorlarning avtobuslari uchun:
I guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarning shaxsiy avtotransport vositalari uchun:
Ariza beruvchilar avtotransport vositasi talablarga moslashtirilgan vaqtdan e’tiboran 90 kun ichida “Inson” markazlariga yoki “Yagona” milliy ijtimoiy himoya" axborot tizimi yoxud YAIDXP (my.gov.uz) orqali murojaat qilishi lozim.
Alpha version: 0.9.1.19 build 72800 | Инструменты