Ayrim OTM tegishli yo‘nalishlarida sirtqi ta’limga qabul bo'lmaydi
2023/2024-o‘quv yili qabulidan pedagogik kadrlar tayyorlovchi OTMning ayrim ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha sirtqi ta’lim shakliga qabul amalga oshirilmaydi. Bu haqda Prezidentning 2022-yil 21-iyunda “Pedagogik ta’lim sifatini oshirish va pedagog kadrlar tayyorlovchi oliy ta’lim muassasalari faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida so'z borgan.
Quyida sirtqi ta'lim shakliga qabul bo'lmaydigan ta'lim yo'nalishlari ro'yxati keltirilgan:
Jadvalda ko‘rsatilmagan pedagogika sohasidagi ta’lim yo‘nalishlariga sirtqi ta’lim shakli bo‘yicha o‘qishga ta’lim tizimida pedagogik faoliyatga oid kamida 5 yillik ish stajiga egalar qabul qilinadi.
Bunda ularning pedagogik ish stajiga ega ekanligi “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksidagi ma’lumotlar asosida belgilanadi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 60422 | Инструменты